09:49 / 02.03.2016
3906

APL, 28-tur: «Chelsi» g‘alaba qozondi, «Lester» ochko yo‘qotdi va boshqa natijalari

1 mart oqshomida APLning 28 tur o‘yinlari doirasida 5ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ayni vaqtda turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan «Lester» o‘z maydonida «Vest Bromvich»ni yenga olmadi. O‘yinda dastlab Rondon hisobni ochdi. Keyinchalik Drinkouter va Kingning gollari evaziga «tulkilar» oldinga o‘tib olishgan bo‘lsada, o‘yinning 50-daqiqasida mehmonlar vakili Gardner yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Endilikda Raneri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 57ta bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem» o‘z o‘yinini bugun o‘tkazadi «Vest Hem»ga qarshi bu bahsdagi g‘alaba Pochettino shogirdlarini birinchi o‘ringa olib chiqishi mumkin.

Turning yana bir uchrashuvida «Chelsi» «Norvich» maydoniga safar qildi.Uchrashuvda Gus Xiddink shogirdlari 2:1 hisobida ustun kelishdi. O‘yinning ilk daqiqalariyoq londonliklar uchun omadli boshlandi. Birinchi daqiqada Kennedi tezkor gol evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida esa Diyego Kosta hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yinning oxirida «Norvich» bitta gol bilan javob qaytardi.

Bu g‘alabadan keyin londonliklar sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilishgan (39 ochko). «Norvich» esa turnirni tark etuvchilar hududida - 18 o‘rin.

Angliya chempionati, 28-tur
Norvich – Chelsi 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 1 Kenedi, 0:2 – 45 Diyego Kosta, 1:2 – 68 Redmond.
Norvich – Raddi, Pintu, Bennett (Mbokani, 60), Martin, Kloze, Breydi, Redmond, Xauson, Tetti (O`Nil, 36), Xulaxan, Jyerom.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Kenedi (Baba, 69), Fabregas, Matich, Traore (Villian, 60), Oskar (Obi Mikel, 60), Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Xauson (13), Bennett (39), Oskar (44), Fabregas (73), Kloze (76).

Lester – Vest Bromvich 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Rondon, 1:1 – 30 Drinkuoter, 2:1 – 45 King, 2:2 – 50 Gardner.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks (Grey, 79), Marez, Drinkuoter, King, Olbrayton (Shlupp, 63), Okadzaki (Uloa, 63), Vardi.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Makoli, Olsson, Chester, Sessenon (Sandro, 90), Fletcher, Yakob, Gardner (Makkleyn, 83), Rondon (Anichebe, 90), Beraxino.
Ogohlantirishlar: Sessenon (32), Yakob (88).

Sanderlend – Kristal Pelas 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 36 N`Doyye, 1:1 – 61 Uikxem, 1:2 – 67 Uikxem, 2:2 – 90 Borini.
Sanderlend – Mannone, Yyedlin, Kone, O′Shi (Kabul, 28), van Anxolt, Kirxgoff (Kettermoul, 64; Borini, 80), N`Doyye, Mvila, Roduell, Xazri, Defo.
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, Denn, Dileyni, Kelli, Kabay (Ledli, 73), Yedinak, Zaa, Match, Bolazi (Sako, 77), Uikxem (Adebayor, 84).
Ogohlantirishlar: Roduell (18), Denn (45).

Aston Villa – Everton 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 5 Funes Mori, 0:2 – 30 Lennon, 0:3 – 60 Lukaku, 1:3 – 79 Jyested.
Aston Villa – Gyuzan, Xatton, Richards, Leskott, Klark, Sissoko, Bakuna, Guyye, Vestvud (Veretu, 71), Ayyu, Agbonlaxor (Jyested, 66).
Everton – Robles, Koulmen (Stounz, 73), Djagelka, Funes Mori, Ovedo (Beyns, 81), Makkarti, Berri, Lennon, Barkli, Miralyas (Nyasse, 88), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Klark (13), Guyye (20), Bakuna (27), Lukaku (44).

Bornmut – Sautgempton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31 Kuk, 2:0 – 79 Afobe.
Bornmut – Boruts, Smit, Frensis, Kuk, Deniels, Ritchi, Serman, Arter (Gosling, 66), Gradel (Pyu, 85), Afobe, King (Grebben, 70).
Sautgempton – Forster, van Deyk, Fonte, Yosida (Devis, 35), Soaresh, Uord-Prouz, Romeu, Bertran, Mane, Long (Tadich, 70), Ostin (Pelle, 60).

Top