Sport | 11:57 / 02.03.2016
2558
2 daqiqa o‘qiladi

Guus Xiddink: «Mavsum yakunigacha «MYu»ga yetib olishga va yevrokuboklar zonasiga kirishga harakat qilamiz»

Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Guus Xiddink APL doirasidagi «Norvich»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabadan (2:1) so‘ng jamoaning kelgusi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

«So‘nggi o‘yinlarning ko‘pini g‘alaba bilan tugatmoqdamiz. Ammo o‘yinni kuzata turib zaif nuqtalarimiz ham borligini qayd qilmasdan iloj yo‘q.

«MYu»ni quvib yeta olamizmi? Birinchi navbatda, biz «Chelsi»dek jamoaga to‘g‘ri kelmaydigan xavfli hududdan uzoqlashib olganimizdan xursandmiz. Endi esa yangi maqsadlarga sari harakat qilamiz va yevrokuboklar zonasiga kirish uchun kurashamiz. Buning uchun g‘alabali o‘yinlar sonini davom ettirishimiz kerak.

Jiddiy jarohatlar bizni chetlab o‘tsa, yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi yuqoriroq o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz», – deya Xiddinkdan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» 2015 yilning aprelidan buyon ilk marta APL doirasidagi uchrashuvlarda ketma-ket uchta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan keyin londonliklar hozircha sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilishgan (39 ochko).