14:35 / 03.03.2016
3053

Abramovich "Chelsi" futbolchilariga yozda yangi murabbiy kelishini aytdi

Londonning "Chelsi" jamoasi xo‘jayini, rossiyalik milliarder Roman Abramovich jamoa futbolchilari mashg‘ulot o‘tkazayotgan hududga kelgan va futbolchilarga yozda italiyalik mutaxassis Antonio Konte yangi bosh murabbiy sifatida ish boshlashi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda italyanlarning Corriere dello Sport nashri xabar tarqatgan.

"Murabbiy Guus Xiddink yozda jamoani tark etadi. U juda yaxshi natijalar qayd etayotgan bo‘lsada,(Xiddink jamoaga kelganidan buyon APLda mag‘lubiyat qayd etmadi) u bilan hamkorligimiz mavsum oxirigacha tuzilgan. Men Konte bilan bitim imzolab bo‘lganman", degan Abramovich.

Bundan oldinroq, ayni vaqtda Italiya terma jamoasini boshqarib turgan Kontening "Chelsi"ga o‘tishi haqida xabarlar berilgandi. Kontening terma jamoa bilan shartnomasi 2016 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati oxirigacha tuzilgan.

Konte terma jamoa boshiga kelishdan oldin "Yuventus" terma jamoasini boshqargan. U turinliklar bilan 3 marta Italiya chempionligiga erishgan va 2 marta mamlakat Superkubogida zafar quchgan.

2015 yilning dekabr oyida qoniqarsiz natijalar tufayli (17 turdan keyin 17 o‘rin) Joze Mourino "Chelsi" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandi.

Ayni vaqtda "Chelsi" 28 turdan keyin 39 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinda turibdi.

Top