O‘zbekiston | 19:21 / 03.03.2016
5773
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi 2ta nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 26 fevralda ikkita nodavlat notijorat tashkiloti ya'ni O‘zbekiston pensionerlar uyushmasi va O‘zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston pensionerlar uyushmasining asosiy maqsadi O‘zbekiston pensionerlarining iqtisodiy, ijtimoiy, mulkiy, ma'naviy va boshqa huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining asosiy maqsadi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o‘quvchi-yoshlar, talabalar va ta'lim xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish hamda rivojlantirishdan iboratdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish