09:12 / 03.03.2016
2005

Al Jazeera’ga tegishli kompaniya Miramax Films kinostudiyasini sotib oldi

Miramax Films kinostudiyasi rahbariyati Qatarda joylashgan va Al Jazeera telekompaniyasiga tegishli BeIN Media Group mediakompaniyasi bilan xarid qilinishi bo‘yicha bitim tuzdi, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.

"BeIN rahbarligida kinostudiyaning butun dunyoda mustaqil tijorat kinosi kashfiyotchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlab, bizning tele- va kinomahsulotlarimizning yanada yoyilishini intizorlik bilan kutmoqdamiz", deb aytdi Miramax Films bosh direktori.

Ta'kidlanishicha, bu bitim Qatar kompaniyasiga o‘zining ta'sir doirasini 24 ta davlatda kengaytirishga imkon beradi.

Top