Sport | 16:51 / 03.03.2016
1377
1 daqiqa o‘qiladi

Allegri «Yuventus» bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytiradi

«Yuventus» jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Xabar qilinishicha, italiyalik ushbu mutaxassis bilan tuziladigan yangi shartnoma 2019 yilning yozigacha amal qiladi. Turinliklarning Allegri bilan amaldagi shartnomasi muddati 2017 yilgacha tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq Allegrining xizmatlariga «Real» tomonidan jiddiy qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Gazzetta Dello Sport nashri tomonlar muzokaralar stoliga «Bavariya»ga qarshi kechadigan YeChL 1/8 final o‘yinidan so‘ng o‘tirishi haqida yozgandi. Shuningdek, madridliklar ushbu mutaxassis uchun yiliga 7 mln yevrolik maosh tayinlashni mo‘ljallagani aytilgandi.

OAV: Peres Zidanning o‘rniga kimni olib kelishni hal qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish