Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada denge bezgagiga chalingan 15 ming kishi qayd etilgan
Shu yil boshidan buyon Argentinada denge bezgagiga chalingan 15 mingga yaqin odam ro‘yxatga olingan.
Hozirga kelib Argentinaning 23 viloyatidan 15 tasida denge bezgagi tarqalgan. Paragvay chegarasiga yaqin Formos va Misone viloyatlarida og‘ir holat hukm surmoqda: kasalligi tasdiqlanganlardan tashqari denge bezgagi belgilari bilan 6360 odam shifokorlar nazorati ostida saqlanmoqda. Bu haqda 2 mart kuni sog‘liqni saqlash vaziri Xorxe Lemus bayonot berdi.
Argentina poytaxtida 216 kishida denge bezgagi qayd etilgan. Lekin mamlakatda shu virus oqibatida o‘lim holati kuzatilmagan, deb xabar beradi TASS.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Argentinada denge bezgagi odatdagidan avvalroq boshlangan. Bunga qishning iliq kelishi va ko‘p yomg‘ir yoqqani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Denge bezgagi – tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan virusli infeksiya. Uning belgilari: yuqori darajali istima, ko‘ngil aynishi, toshmalar, bosh va bel og‘rig‘i. Bezgakning gemorragik variantida kuchli ichki qon ketish ham kuzatiladi.
Denge lixoradkasini pashshaning Aedes aegypti turi tarqatadi, xuddi shu pashshalar Zika va chikungunya viruslarini yuqtirishi mumkin.