18:25 / 03.03.2016
2144

Arsen Venger: «Hozir chempionlik haqida gapirishning vaqti emas»

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiy Arsen Venger jurnalistlarning jamoa ayni vaqtda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgani haqidagi savollariga javob berdi.

«Sizga jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgandek tuyulyaptimi? Ha. Biz
Biz diqqatni bir joyga jamlashimiz va o‘zimizning qanday toifali jamoa ekanimizni esga olishimiz kerak. «Suonsi»ga qarshi o‘yin tasvirlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish kerak. Hafta oxirida esa bizni «Tottenhem»ga qarshi katta o‘yin kutib turibdi, – deydi Venger.

Fransiyalik murabbiyning qayd etib o‘tishicha, hozir chempionlik to‘g‘risida gapirishning mavridi emas.

«Ayni vaqtda men qayg‘urayotgan narsa titul emas, jamoaning natijalarini yaxshilashdir. Hozir biz chempionlik haqida shirin xayollarga berilmayapmiz. Vaziyatga haqqoniy ko‘z bilan qarash va o‘z darajamizga qaytishimiz kerak.

Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun tayorlanishimiz kerak. Biz titullar haqida gapirmaymiz. Men hozir bunday savollarga javob berishga tayyor emasman.

Titullar haqida gapirishdan avval o‘yinni yaxshilash kerak. Oxirgi o‘yinlarimizdagi natijalardan keyin chempionlik uchun imkoniyatlar kamaydi. Vaziyat juda qiyin va oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi. «Manchester Siti» yutqazdi, «Tottenhem» ham ochkosiz qoldi. Bu ligada istalgan o‘yinda syurpriz tayyorlab turishadi», – deydi u.

Venger: «Bizni jon-jahdingiz bilan tanqid qilmang, axir jon saqlab qolish uchun emas, yuqori o‘rinlar uchun kurashayamiz»

Top