17:24 / 03.03.2016
11637

Bolgariya milliy bayramiga Putinni emas, Erdo‘g‘anni chaqirdi

Bolgariya hukumati Usmoniylar imperiyasi mustamlakasidan ozod bo‘lgan kunni nishonlash bayramiga Turkiya prezidenti Tayip Erdo‘g‘anni taklif qildi, biroq Rossiya prezidenti Putinga taklifnoma ham yubormadi.

Bunga Bolgariya va Turkiya hukumatlarining siyosiy munosabatlari yaxshilangani sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi The Bulgarian Times.
Xabarda Bolgariyada rus askarlaridan ko‘ra, turk askarlari ko‘proq halok bo‘lgani ham muhim asos deb keltirilgan.

1396 yildan 1878 yilgacha Bolgariya Usmoniylar imperiyasi tasarrufida bo‘lgan. Rossiya-Turkiya urushida Rossiyaning g‘olib bo‘lishi natijasida 1877-1878 yillarda Rossiya va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasida San-Stefanskiy kelishuvi imzolangan va Bolgariya mustaqillikka erishgan.
Bu kun Bolgariyada milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Top