Jamiyat | 07:58 / 03.03.2016
1825
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada hibsda ushlab turilgan Facebook vitse-prezidenti ozodlikka qo‘yib yuborildi

Braziliya politsiyasi Facebook kompaniyasining Lotin Amerikasidagi bo‘limi vitse-prezidenti Diyego Dzodanni ozodlikka chiqardi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Dzodan turmada 24 soat ushlab turilgandan keyin qo‘yib yuborildi. Ta'kidlanishicha, eng kuyi instansiya sudining Dzodanni hibsga olish haqidagi qarori appelyatsiya sudi tomonidan bekor qilingan.

Facebook’da sud qarori ma'qullandi va Dzodanning hibsga olinishi "haddan tashqari qat'iy chora" ekanligi aytildi.

Braziliya politsiyasi Dzodanni, sud qaroriga qaramasdan, ijtimoiy tarmoq Braziliya huquq-tartibot muassasalariga giyohvand moddalar oboroti ishi bo‘yicha ma'lumotni bermagani uchun hibsga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish