Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada qizchani o‘ldirgan qotil-enaga ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan bo‘lgan
Moskvada 4 yoshli qizchani o‘ldirishda ayblanayotgan Gulchehra Boboqulova 2002 yilda ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan. Bu haqda "Gazeta.Ru" nashriga intervyuda ayolning otasi Bahriddin To‘rayev ma'lum qildi.
To‘rayevning aytishicha, Boboqulovaga turli ovozlar eshita boshlagan, u g‘alati gaplar ayta boshlagan, unda tajovuzkorlik paydo bo‘lgan. Shundan keyin ayolni kasalxonaga yotqazishgan. U kasalxonada bir necha kun davolangandan keyin, biroz vaqt o‘tib kasalligi yana avj olgani sababli kasalxonaga qayta yotqazilgan.
To‘rayev qizi hech qachon masjidga bormagani, xijob o‘ramagani va Qur'on o‘qimaganini aytdi.
Bundan tashqari, qotil ayol bungacha hech qayerda enaga bo‘lib ishlamagan, Moskvadagi oila u enaga bo‘lib ishlagan birinchi oila bo‘lgan.
Sud ayolni ikki oyga hibsga olishga qaror qildi.