19:13 / 03.03.2016
4891

Chanqagan koala velosipedchilar oqimini to‘xtatib qo‘ydi

Avstraliyaning Adelaida shahrida qiziq voqea sodir bo‘ldi. Chanqagan va shu bois suv izlab katta yo‘lga chiqqan koala velosipedchilar oqimini to‘xatatib qo‘ydi. Mashable manbasining yozishicha, suvsiragan mavjudot vilosipedchilardan biri bo‘lmish Nik Lotianning g‘ildiraklari ostidan chiqib qolgan. Sportchi to‘xtab, koalani o‘z idishidagi suv bilan siylagan.

Notijoriy tashkilot bo‘lmish Fauna Rescue South Australia vakili bo‘lmish Merridi Montarelloning aytishicha, mavjudotning bu qilig‘ida hech bir notabiiylik yo‘q. “Koala odamlarga ishonadi, uning hid bilish hislati yaxshi rivojlangan”, – dedi u.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, koala suv hidini payqab odamlarga tez-tez yaqinlashib turadi.

Vilosipedchilar yo‘lidan chiqib qolgan koalaga qaytadigan bo‘lsak, u 30 daqiqa mobaynida suv ichgan. Uni mutaxassislarga ko‘rsatishgan. Koalaning salomatligi joyidaligi qayd etilgan. Unga Karolina deb nom berishgan.

Top