Jahon | 20:09 / 03.03.2016
2394
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya Ozarbayjonga gaz quvuri qurilishini ma'qulladi

Yevrokomissiya katta miqyosdagi energetik loyihaning bir qismi – Janubiy gaz yo‘lagining Yevropadagi qismi – TARni (Gretsiya, Albaniya va Italiya hududlari bo‘yicha o‘tuvchi Transadriatik gaz quvuri) qurish bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi. Bu gaz quvuri Transanatoliya gaz quvurining (TANAP) davomi bo‘ladi. Bu haqda Yevrokomissiya xabariga iqtibos keltirgan holda RNS nashri xabar berdi.

TANAP orqali Ozarbayjondagi "Shax-Deniz" konidan gaz eksport qilish rejalashtirilmoqda. Gaz quvuri Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali o‘tadi hamda TARga ulanib, shu tariqa Ozarbayjon va Yevropani bog‘laydi.

Gaz quvuri qurilishi Yevropaning Rossiya gazidan bog‘liqligini ancha kamaytirishi va Yevropa energetika bozorida raqobatni oshirishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish