Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google sobiq rahbari Erik Shmidt Pentagonga innovatsiyalar bo‘yicha yordam beradi
Google kompaniyasining sobiq direktori, hozirda kompaniya direktorlar kengashi vakili hisoblanadigan Erik Shmidt AQSh Mudofaa vazirligining innovatsiyalar bo‘yicha kengashiga rahbarlik qiladi.
Faraz qilinishicha, Pentagondagi yangi tizimga Silikon vodiysining zamonaviy ishlanmalari jalb etiladi.
Qayd etilishicha, Shmidt "innovatsiyalarni o‘zlashtirish va joriy qilish sohasida yangicha hamda o‘ziga xos qarashlarga ega mutaxassis" hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, u zamonaviy texnologiyalar ustida tadqiqotlar qilish bilan shug‘ullanuvchi 12 kishidan iborat kengashni boshqaradi.