Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi tonnelga Robin Uilyams nomi berildi
Kaliforniya shahri hukumati San-Frantsisko yaqinidagi tonnelga aktyor Robin Uilyams nomini berishdi, deb xabar beradi NBC.
Undan siyosatchi Uilyam Ualdo nomi qo‘yilgan taxtachalar olib tashlanib, o‘rniga yangilari o‘rnatilgan. Tonneldan o‘tuvchi №101-shosse, aktyor yashab, vafot etgan Marin okrugiga olib boradi.
Taxtachalarni almashtirish uchun 3 ming dollar sarflangan bo‘lib, transport kompaniyasiga xayriya etilgan mablag‘ tomonidan ajratilgan. Avvalroq, Robin Uilyams o‘zining timsolidan foydalanishni 25 yilga taqiqlagani ma'lum qilingan edi.