Jahon | 10:49 / 03.03.2016
3521
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Yapon dengizi tomon bir necha yaqin radiusli raketa uchirdi

KXDR hukumati yaqin radiusli bir qancha raketalarni uchirgan. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vazirligiga asoslanib, Reuters agentligi xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu yaqin radiusli raketalar Yapon dengizi yo‘nalishida uchirilgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, uning xodimlari bu raketalarni avvaliga artilleriya snaryadlari deb o‘ylashgan.

Bundan oldinroq, AQSh Moliya vazirligi KXDRga qarshi sanksiyalar ro‘yxati kengaytirilgshani haqida ma'lum qilgandi.

2016 yil yanvarida KXDR vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini e'lon qilgan edi. Bir oy o‘tib esa, mamlakat Yerni kuzatish uchun mo‘ljallangan sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqan raketaning muvaffaqiyatli parvozi haqida ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pxenyan bundan keyin BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ishida qatnashishdan bosh tortgani xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish