08:52 / 03.03.2016
4077

La-Liga, 27-tur: "Real" "Levante"ni yengdi va boshqa natijalar

2 mart oqshomida Ispaniya chempionatining 27 tur doirasida yana 6ta uchrashuv o‘tkazildi. Bir kun oldin "Atletiko" "Real Sosedad"ni 3:0 hisobida yenggandi. Kechagi uchrashuvlarda ham sensatsiyalar qayd etilmadi.

"Real Madrid" safarda "Levante"ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi.

Krishtianu Ronaldu bitta gol muallifiga aylandi. Isko ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

"Vilyarreal" safarda "Selta" bilan durang o‘ynadi. "Valensiya" esa "Malaga"ni yengdi.

"Sevilya" o‘z muxlislari qarshisida "Eybar"ni kichik mag‘lubiyatga uchratdi, avvalgi turda "Valensiya"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagan "Atletik" bu safar "Deportivo"ni yirik hisobda taslim etdi.

Bugun tur doirasida yana 3ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi: "Rayo Valekano" - "Barselona", "Granada" - "Sporting Xixon", "Espanol" - "Betis".

Ispaniya chempionati, 27-tur
Levante – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 34, penalti Ronaldu, 0:2 – 38, avtogol Marino, 1:2 – 39 Deyverson, 1:3 – 90 Isko.
Levante – Marino, Orban, Feddal, Lopes, Medjani, Kamarasa (Garsiya, 72), Simau (Versa, 68), Lerma, Morales, Rossi (Kasadesus, 63), Deyverson.
Real Madrid – Navas, Danilo, Varan, Nacho, Pepe, Kazemiro (Kovachich, 74), Xames (Isko, 80), Kroos, Vaskes, Mayoral (Xese, 86), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Vaskes (39), Simau (42), Garsiya (79).

Selta – Vilyarreal 0:0 (0:0, 0:0)
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Gomes, Vass, Dias, Orelyana, Nolito (Radoya, 88), Gvidetti (Bongonda, 69), Aspas.
Vilyarreal – Areolya, Bayi, Rukavina, Mario Gaspar, Ruis, Trigeros (Soriano, 75), Pina, Suares, Matias Nauel (Adrian, 65), Baptistao (Kastilexo, 64), Bakambu.
Ogohlantirishlar: Dias (51), Matias Nauel (54), Suares (72), Kabral (73), Bayi (73), Mario Gaspar (77), Rukavina (86).

Sevilya – Eybar 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 11 Lorente.
Sevilya – Riko, Rami, Tremulinas, Mariano, Karrisu, Kristoforo, Nzonzi, Banega (Iborra, 77), Kron-Deli, Reyyes (Vitolo, 59), Lorente (Gameyro, 64).
Eybar – Riyesgo, Pantich, Junka, Kastelyano, Ramis, Radoshevich, Dani Garsiya, Eskalante (Berxon, 85), Gonsales, Baston, Enrik.
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (10), Mariano (15), Kastelyano (48), Pantich (78).
Chetlatish: Kastelyano (88).

Malaga – Valensiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Chop, 1:1 – 41, avtogol Kameni, 1:2 – 49 Cheryshev.
Malaga – Kameni, Albentosa, Torres, Rosales, Filipenko, Anor (Santa Krus, 58), Resio, Kamacho, Chori Kastro, Sharles, Chop (Orta, 23; Atsu, 75).
Valensiya – Diyego Alves, Mustafi, Gayya, Barragan, Aderlan Santos, Andre Gomesh, Xavi Fuego, Feguli (Rodrigo, 65), Parexo, Cheryshev (Pyatti, 78), Pako Alkaser (Ruben Vezu, 90).
Ogohlantirishlar: Mustafi (19), Gayya (30), Anor (32), Cheryshev (35), Albentosa (62), Torres (63), Feguli (63), Duda (64), Resio (66), Sharles (77), Pyatti (90).

Atletik – Deportivo 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 13 Muniain, 2:0 – 36 Aduris, 2:1 – 51 Riyera, 3:1 – 53 Aduris, 4:1 – 60 Aduris.
Atletik – Iraysos, San Xose, Echeyta, Inigo Lekue, De Markos, Raul Garsiya, Benyat (Mikel Riko, 67), Muniain (Balensiaga, 73), Susayeta, Laport, Aduris (Sabin Merino, 78).
Deportivo – Pletikosa, Arribas, Navarro (Pablo, 64), Laure (Xuanfran, 46), Lopo, Fajr, Guterres (Kartabiya, 46), Moskera, Borxes, Peres, Riyera.
Ogohlantirishlar: Moskera (17), Aduris (18), Borxes (22), Lopo (59).

Top