Jamiyat | 14:14 / 03.03.2016
12971
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada qizchaning qotilligida gumon qilinayotgan enaganing otasi qizining qilmishi uchun uzr so‘radi

Moskva shahrida 29 fevral kuni 4 yoshli qizchani o‘ldirganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan o‘zbekistonlik muhojir, qizchaga enagalik qilib kelgan Gulchehra Boboqulovaning otasi Bahriddin To‘rayev o‘z qizining qilmishi uchun ommadan uzr so‘radi. 62 yoshli otadan "Gazeta.ru" nashri intervyu olgan.

"Bizning oilamiz katta. Mening 6 qizim, 19 nabiram va bir evaram bor. Biz barchamiz uning qilgan ishi haqida eshitib, dahshatga tushdik. Mumkin bo‘lsa uni kechiringlar. Bizni ham kechiring. Bolalar yig‘lamoqda, onasi kasal bo‘lib qoldi. Bunday bo‘lishini u ham, biz ham istamaganmiz", deydi u.

Gumonlanuvchining o‘zi bu ishni oldindan rejalashtirgani haqida aytgan. U o‘z qilmishi uchun hech qaysi odamdan uzr so‘rash niyatida emasligi haqida aytgan.

Intervyu bergan ota o‘sha qotillikdan keyin 2 kun o‘tib, Boboqulovaning O‘zbekistondagi 19 yoshli o‘g‘li hibsga olingani haqida aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish