22:11 / 03.03.2016
40412

Otaning qizi bilan tushgan surati tarmoqlarda ommalashib ketdi

Ayol turmush o‘rtog‘i va qizchasi bilan birga rasm chizayotgan paytni suratga tushirdi, biroq natija kutilgandanda ziyodroq bo‘ldi.

Fotosuratga birinchi bor nazar tashlasangiz, erkakning oyoqlari juda ham kichkinadek, uning yonginasida o‘tirgan qizi esa sovet davrining maktab formasini kiyib olgandek tuyuladi.

Aslida esa ular shunchaki yonma-yon o‘tirgan holda ota – kompyuterdagi grafik muharrirligida, qizcha esa o‘z yon daftarchasida surat chizmoqda.

Ammo ilk taasurot ajoyib tarzda ko‘zlarni aldaydigan ko‘rinishni aks ettirgan bo‘lib, bu hol suratni ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lishiga olib keldi. Rasm Redditga joylashtirilgach, 1,7 mln.ga yaqin foydalanuvchi tomonidan tomosha qilindi va internet bo‘ylab «qaynoq bo‘g‘irsoqlar»dek tarqala boshladi.

«Meni rafiqam qizim bilan rasm chizayotganimizda suratga oldi. Bir qarashda qizim yonimda turgandek, mening oyoqlarim esa juda ham kichkinadek ko‘rinadi», «Qizning kiyimi ham avvalgi davr formasini yodga soladi», «Men Albaniyalikman va bizda boshlang‘ich maktab o‘quvchilari hanuzgacha ana shunday kiyimda yurishadi», - deya izohlaydi suratni ko‘rgan tarmoq foydalanuvchilari.

Top