Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Lahorga aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2015 yilning 20 iyulidan boshlab Toshkent - Lahor bo‘ylab aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi. Parvozlar haftasiga ikki marta chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Kompaniya, shuningdek, Toshkent—Islomobod yo‘nalishidagi reysni ham yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Hozircha, Toshkent-Lahor reysi Pokistonni O‘rta Osiyo bilan bog‘lovchi yagona aviayo‘nalish hisoblanadi.
Toshkent-Lahor aviareyslari 2014 yilda, Pokistonda terrorchilik harakatlarining kuchayishi hamda mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi oqimining kamligi sabab to‘xtatilgan edi.
Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2016 yilda Toshkentdan Lahorga reys ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingan edi.