10:53 / 03.03.2016
2492

O‘zbekiston sug‘urtachilari 2015 yilda 551,53 mlrd so‘m yig‘ib olishdi

O‘zbekistonning sug‘urta kompaniyalari 2015 yilda 551,53 mlrd so‘m yig‘ib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foiz ko‘pligi bildirilmoqda. Ushbu ma'lumotni O‘zbekiston moliya vazirligi ham tasdiqlagan.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda sug‘urtadan o‘tish 364,82 mlrd so‘mni (+21 %), majburiy sug‘urtalash esa 186,71 mlrd so‘mni (+35%) tashkil etgan.

Sug‘urta kompaniyalariga qilingan to‘lovlar 2014 yilga qaraganda 49 foizga, ya'ni 111,002 mlrd so‘mga oshgan. Ixtiyoriy ravishdagi to‘lov 67,227 mlrd. so‘mni (+48%) va majburiy ravishdagi to‘lov 43,775 mlrd. so‘mni tashkil etdi (+49%).

O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari 758,087 mlrd. so‘mdan ortib (+22%), shulardan depozitlar 355,003 mlrd. so‘mni (+21%), qimmatli qog‘ozlar – 300,191 mlrd. so‘mni (+20%), zayomlar –7,567 mlrd. so‘mni (+13%), ko‘chmas mulk - 38,776 mlrd. so‘mni (+39%) tashkil qildi. sug‘urta kompaniyalari korxonalar ustav fondlariga 50,363 mlrd. so‘m (+16%) va boshqalarga 6,185 mlrd. so‘m investitsiya qildi.

Top