15:38 / 03.03.2016
2872

Qozog‘iston maktablarining birida dars jarayonida ikkinchi sinf o‘quvchisi oyoq ostida qolib ketib, reanimatsiyaga tushdi

Qozog‘istonning Aqtobe viloyatidagi 6-raqamli maktabning 8 yoshli o‘quvchisi fuqarolik mudofaasi darsi jarayonida oyoq ostida qoldi. Voqea 1 mart kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Viloyat bolalar shifoxonasi ma'lumotiga ko‘ra, maktabning to‘rt nafar 2 va 3-sinfi o‘quvchisi jabrlangan. Ulardan birida bosh miyaning jarohat olishi va travmatik shok holati qayd etilgan. Ikkinchisi esa ertasi kuni ertalab bosh miyaning jarohat olishi bilan shifokorlarga murojaat etgan.

Ammo maktab direktorining ta'kidlashicha, faqatgina bir bola jarohat olgan. U zinalardan yugurayotgan paytda yiqilib, oyoq ostida qolib ketgan.

«Voqea yuz bergach, hamshiramiz uni poliklinikaga olib bordi hamda uning ota-onasi chaqirtirildi. To‘g‘ri, ayni damda bolakay jonlantirish bo‘limida yotibdi, ammo uning hech qayeri singani yo‘q. Bolaning onasi bizning hamkasbimiz, mana shu yerda dars beradi. Keyinchalik shifokor huzuriga yana ikkita bolani olib kelishgan, biroq ularning salomatligi yaxshiligi bois uylariga javob berib yuborilgan», – dedi 6-son maktabning direktori Sholpan Jangaliyeva.

Top