Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Samsung’ning yangi smartfonlariga talab ikki marta oshgani ma'lum qilindi
Rossiyadagi uyali aloqa operatorlari va ekspertlar 21 fevralda ilk bor namoyish qilingan Samsung Galaxy S7 va S7 edge smartfonlariga olingan buyurtmalar hajmini baholashdi. Ko‘pchilikning fikricha, yangi smartfonlarga talab, asosan narxlar ko‘tarilmagani evaziga, ikki marta oshgan.
"Vedomosti" gazetasining Mobile Research Group yetakchi tahlilchisi Eldar Murtazinga iqtibos keltirgan holda yozishicha, yangi smartfonlarga 30 mingtaga yaqin buyurtma berilgan, bu esa o‘tgan yili Galaxy S6/S6 edge smartfonlariga birinchi haftada olingan buyurtmalardan kamida ikki marta ko‘proqni tashkil qilgan.
Murtazinning fikricha, buyurtmalar hajmining bunday o‘sishi birinchi navbatda Samsung kompaniyasining Apple’dan farqli o‘laroq, o‘z smartfonlariga narxlarni oshirmagani bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Apple kompaniyasi iPhone 6S va 6S Plus smartfonlariga narxlarni 78 foizga oshirgan. Yana bir mutaxassisning fikricha, yangi smartfonlarga qiziqishning oshishiga muvozanatlashgan narxlar va yangi qurilmaning ko‘rsatkichlari sabab bo‘lmoqda.
Samsung’ning o‘zida esa yangi smartfonlarga talabning o‘sishini yanada ham yuqoriroq baholashmoqda. 22-28 fevral kunlari Rossiyada yangi Samsung Galaxy S7 i S7 edge smartfonlariga olingan buyurtmalar S6/S6’ga birinchi haftada olingan buyurtmalardan 4 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Galaxy S7 va S7 edge smartfonlari Rossiyada 18 martdan sotuvga chiqariladi.