19:40 / 03.03.2016
7465

Savchenko ochlik e'lon qildi

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko 4 martdan boshlab ochlik e'lon qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.

“Agar menga bugun oxirgi so‘zimni aytishga ruxsat berishmasa, ochlik e'lon qilaman”,-deb aytdi Savchenko.

Bundan tashqari, sud Savchenko ishini ko‘rib chiqishni 9 martga qoldirgan.

Avvalroq, prokuror Donbassdagi muxbirlarning o‘limi bo‘yicha ko‘rilayotgan ishda Savchenko uchun 23 yil ozodlikdan maxrum etilishini so‘rab sudga murojaat etgan edi.

Top