19:47 / 03.03.2016
2501

ShHTga a'zo davlatlar ekspertlari 2016-2020 yillar uchun jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik rejasini muhokama qilishdi

2016 yilning 1-3 mart kunlari Pekin shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida ShHTga a'zo davlatlar ekspertlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Uchrashuv chog‘ida ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida 2016-2020 yillar uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish bo‘yicha Harakat dasturi loyihasi hamda huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu Bitim 2010 yilning 11 iyun kuni Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining majlisi mobaynida imzolangan.

Top