10:25 / 03.03.2016
4652

WSJ: Yevropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning ayrimlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishni istamoqda

Yevroittifoqqa kiruvchi mamlakatlarning ayrimlari Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishni istamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Bunga undagan asosiy sabablardan biri, Ukraina sharqidagi zo‘ravonliklarni kamaytirish, shuningdek, Ukraina hukumati bilan bog‘liq muammolardir. Ma'lum bo‘lishicha, YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari joriy oyda Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishadi.

Nashrning qayd etishicha, Rossiyaga nisbatan munosabatlarning o‘zgarishi joriy yilning iyun oyida Sankt-Peterburgda o‘tadigan iqtisodiy forumda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning tashrif buyurishi bilan bo‘lishi mumkin. Bu Qrim Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin bu darajadagi amaldorning Rossiyaga birinchi tashrifi bo‘ladi, deb yozadi nashr.

Top