14:23 / 03.03.2016
2153

Xitoy ekologik vaziyat sabab Sinopec korporatsiyasiga 2,6 milliard dollarlik zavod qurilishini taqiqladi

Xitoy atrof-muhitni himoyalash vazirligi neftegaz korporatsiyasi bo‘lmish China Petrochemical Corp. (Sinopec)ning Guychjou provinsiyasida qad rostlashi nazarda tutilgan kimyo zavodinining qurilishiga izn bermadi. Bunga zavodning atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi sabab etib ko‘rsatilgan. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, kimyo zavodining investitsiyasi 17 mlrd yuan (2,6 mlrd dollar)ni tashkil etadi. Zavod poliolefin mahsuloti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan edi. Uning qurilishi yer osti suvi o‘tgan tumanda boshlanishi kerak edi. Bu esa ichimlik suvini zaharlanishiga sabab bo‘lar edi.

Sinopec ikki oy ichida ishni qayta ko‘rib chiqish uchun vazirlikka murojaat etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Sinopec neftni qayta ishlash, neftegaz geologiyasi razvedkasi, neft va gaz, shuningdek, neft kimyosi tashuvi bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyadir.

Top