Jahon | 15:24 / 03.03.2016
2491
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada davlat bayrog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha ikkinchi referendum bo‘lib o‘tmoqda

Yangi Zelandiyada 3 mart kuni davlat bayrog‘i o‘zgartirilishi masalasida ikkinchi, hal qiluvchi umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda.

Referendum ishtirokchilari pochta orqali 2ta variantdagi bayroq rasmlari tushirilgan byulletenni olishadi va “Siz Yangi Zelandiya bayrog‘i sifatida qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?” degan savolga javob berishadi.

2015 yilning 20 noyabridan 11 dekabrigacha o‘tkazilgan birinchi referendumda 5ta variant ichidan bayroq dizaynining muqobili tanlab olingandi.

Endi saylovchilar hozirgi bayroqda qolish yoki qora-ko‘k rangli yangi variantni tanlashlari kerak bo‘ladi.

Referendum natijalari 24 mart kuni e'lon qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish