14:33 / 04.03.2016
1934

AQSh qurg‘oqchilik bo‘layotgan Efiopiyaga yordam berish uchun 500 million dollar ajratdi

AQSh so‘nggi 50 yil ichida eng qattiq qurg‘oqchilik sababli ijtimoiy halokatga yuz tutayotgan Efiopiyaga yordam qilish maqsadida 500 million dollar mablag‘ ajratdi. Bu haqida AQSh Xalqaro rivojlanish boshqarmasi raisi Geyl Smit jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda xabar berdi

“Hozirda Efiopiyada oziq-ovqatga 10 milliondan ortiqroq inson muhtojdir, demak bu ko‘rsatkich mamlakat aholisining 10 foizini tashkil etadi. BMT hisobiga ko‘ra, ularga yaqin uch oy ichida ko‘mak berish uchun
268 million dollar atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi. Biz esa 500 million dollar ajratdik va kerak bo‘lsa yana berishga tayyormiz”, - deya ta'kidladi Geyl Smit.

Shuningdek, u AQSh Efiopiyaga mahalliy aholi bilan birgalikda hodisani baholash uchun maxsus ekspertlar guruhini yubordi. “Bu bizlarga ijtimoiy halokat xavfiga qarshi qanday chora ko‘rishimiz kerakligini yaxshiroq anglashimizga yordam beradi”, - deydi XRB raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda bu kabi ekspertlar guruhi tabiiy ofat kuzatilayotgan hududga “inqiroz eng avjiga” chiqqanida yuborilar edi. Ammo bu safar Amerika hukumati, BMT yo‘naltirilgan tashkiloti va xalqaro gumanitar tashkilotlar zarur chora-tadbirlarni avvalroq amalga oshirishga qaror qilishdi.

Top