Jahon | 17:28 / 04.03.2016
7129
1 daqiqa o‘qiladi
Belarusda militsiya xodimi yosh o‘smirni mashina urib ketishidan o‘z tanasi bilan himoya qilib qoldi
Belarusning Vitebsk tumanida militsiya xodimi Sergey Batalko o‘z tanasi bilan katta yo‘lda himoyasiz qolib ketgan bolani mashina urib ketishidan asrab qoldi.
«Birinchi va ikkinchi yo‘lakdagi mashinalar to‘xtashdi, ammo tramvay yo‘li tomondagi yo‘lakdan kelayotgan “Pejo” mashinasi to‘xtamadi. Haydovchi bolani ko‘rmay qoldi. Shu vaziyatda o‘sha yerda edim va himoyasiz qolgan bolani o‘z tanam bilan himoya qildim», — dedi Batalko.