Jahon | 17:44 / 04.03.2016
3007
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyaning sobiq prezidenti korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi

Braziliya politsiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Inasui Lulu da Silvani aksilkorruptsion tekshiruvlar tadbiri davomida hibsga oldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha 2003 yilning 1 yanvaridan 2011 yilning 1 yanvarigacha mamlakatni boshqargan, ayni vaqtda 70 yoshda bo‘lgan Lulu Petrobras kompaniyasi bo‘yicha mojarolar tufayli so‘roq qilinadi.

Bundan oldinroq, Petrobras bilan bog‘liq mojarolar doirasida 1990 yildan 1992 yilgacha mamlakatni boshqargan, keyin senator sifatida ishlagan siyosatchi Fernandu Koloru di Melu qamoqqa olingandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Petrobras kompaniyasining bir qator xodimlari imzolangan shartnomalardan 3 foiz miqdorida mukofot puli olib turishgan, keyinchalik esa bu pullardan siyosatchilar va amaldorlarni sotib olish uchun foydalanilgan.