11:03 / 04.03.2016
1992

Florida fuqarosi Obamaga tahdid qilgani uchun 7 yilga qamalishi mumkin

AQShning Florida shtatida istiqomat qiluvchi shaxsga mamlakat prezidentiga tahdidona so‘zlar bitilgan maktub yo‘llagani uchun 7 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bu haqda 3 mart kuni shtat prokuraturasi ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli Jyeremi Eddison ayni vaqtda qamoqda saqlanmoqda va o‘z ishi bo‘yicha sudni kutmoqda.

Shuningdek, bu shaxs o‘z uyini tekshirish uchun kelgan maxsus xizmat xodimlariga hujum qilgan. Unga buning uchun ham ayblov qo‘yilgan.

Prokuraturada aniqlik kiritilishicha, Eddison qamoqdan turib ham o‘z ishini olib borayotgan federal prokuror manziliga tahdidona maktublar jo‘natgan.

O‘tgan yilning oktabrida u barcha ayblariga iqror bo‘lgandi. Prokuratura unga uzoqroq qamoq muddati tayinlashni so‘ragan.

Top