Janni Infantino: Muxlislarsiz futbol – hech narsa
FIFA prezidenti Janni Infantino futbolda muxlislarning tutgan o‘rni va jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Hech kimga sir emaski, men jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar soni oshirilishi tarafdoriman. 40ta terma jamoa bu FIFAga a'zo barcha davlatlarining bor-yo‘g‘i 19 foizini tashkil qiladi. Bu boshqa 30-100 foiz terma jamoalar qatnashadigan mintaqaviy turnirlar bilan solishtirganda ko‘p emas. Biz yana 8ta mamlakatda musobaqada qatnashish imkoniyatini berishga qaror qildik. Aslida esa bundanda ko‘proq mamlakatlar buni orzu qilishadi».
«FIFAga ishonmay qo‘ygan muxlislar uchun bir gapni aytishim kerak: Bizga ishoning, menga ishoning, chunki men ham futbol fanatiman. Men ham xuddi ulardek futbolni yaxshi ko‘raman. Har haftada sevimli jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun borish nimaligini yaxshi bilaman. Chunki o‘zim ham ko‘p bora shu ishni takrorlaganman.
Muxlislarsiz futbol – hech narsa. Bizga futbolchilar va muxlislar birdek kerak. O‘ylashimcha yot tushunchalar uzoq saqlanib qolgan, ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun biz ishlashimiz kerak bo‘ladi», – deya gapirib o‘tdi Infantino FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.