Jamiyat | 15:24 / 04.03.2016
3354
1 daqiqa o‘qiladi

Kristian Beyl Betmenda ijro etgan rolidan ko‘ngli to‘lmasligini aytib o‘tdi

Amerikalik aktyor Kristian Beyl Betmenda ijro etgan rolidan ko‘ngli to‘masligini ma'lum qilgan. Uning fikricha, Joker obrazida gavdalangan Xit Ledjyer ekranlarda yorqinroq ko‘rinadi. Bu haqda Yahoo Movies xabar bermoqda.

«Meni oldimga trilogiyada bosh qahramon obrazini yaratish vazifasini qo‘yishdi. Krisda esa xammasi boshqacha bo‘lgan. Shuning uchun o‘ylaymanki, men o‘z ishimni puxta bajara olmadim», — dedi Beyl.

Aktyor Xit Ledjyerning 2008 yilda katta ekranlarga chiqqan «Qora ritsar» filmidagi rolidan ta'sirlanganligini aytib o‘tgan.

«Xit qayerdandir paydo bo‘lib qoldi va mening rejalarimni o‘zgartirib yubordi. O‘shanda o‘zimga o‘zim aytgan edim: u mendan va men qilayotgan ishdan ancha qiziqarliroq ekan», — deb tan oldi Beyl.