09:46 / 04.03.2016
2274

Mugabe Zimbabve olmos sanoatining milliylashtirilishini e'lon qildi

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatdagi barcha olmos qazib olish sanoati davlat nazoratiga qo‘yilishi kerakligini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mugabening ta'kidlashicha, mavjud olmos oluvchilar Zimbabvening boyligini talamoqdalar, shuning uchun davlat olmos qazib olishga monopoliyaga ega bo‘lishi lozim.

"Bundan buyon davlat mamlakatning barcha olmoslariga egalik qiladi ", deb aytdi Mugabe mahalliy ZBC TV telekanali efirida.

Ta'kidlanishicha, Zimbabve olmos ishlab chiqaruvchi dunyodagi 8-raqamli davlat hisoblanadi.

Top