Jahon | 09:32 / 04.03.2016
2633
1 daqiqa o‘qiladi
"Normand to‘rtligi" Donbassda 2016 yil yarmigacha saylovlar o‘tkazish niyatini bildirdi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro "normand to‘rtligi" Donbassda saylovlar 2016 yilning 1-yarmigacha o‘tkazilishi lozimligi niyatini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Eyroning aytishicha, bu hali tomonlarning yakuniy kelishuvini anglatmaydi.
Uning ma'lum qilishicha, Yevropa hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti 31 martgacha Donbassdagi saylovlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha taklifni olishi kerak. Shuningdek, "normand to‘rtligi" 30 aprelgacha Donbassdagi yarashuvning buzilishi holatlarining oldlini olish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqishga chaqirdi.
Eyroning ta'kidlashicha, "normand" formatidagi uchrashuvlar davom ettiriladi.