O‘zbekiston | 16:53 / 04.03.2016
2472
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1700 dan ziyod turdagi dori vositasi ishlab chiqarilmoqda

Hozir O‘zbekistonda yuzdan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning ko‘pchiligida xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy etilgan. Farmatsevtika korxonalari tomonidan 90 farmakoterapevtik guruhlarga mansub 1700 dan ziyod turdagi dori vositasi ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari ichki bozorni to‘ldirish bilan birga o‘nlab mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Bu haqida Milliy matbuot markazida «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani ma'lumot berildi.