10:55 / 04.03.2016
2802

Tramp Rossiya va AQShni IShIDga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Fox News telekanilida o‘tkazilgan debatda Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uning uchun yoqimli bo‘lishini aytib o‘tdi.

«Putin men haqimda gapirib o‘tdi, ammo men u haqda gapirmagan edim. U men haqimda ancha yaxshi gaplarni gapirdi. Biz Rossiya bilan munosabatlarimizni yaxshi tomonga o‘zgartirsak yaxshi bo‘lar edi», — dedi milliarder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar trillionlab dollarni bekorga sarflagandan ko‘ra, xorijiy davlatlar bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilishi kerak. Rossiya mamlakatga IShIDga qarshi kurashda yaqin yordamchi bo‘lishi mumkin, degan milliarder.

Top