Jahon | 22:02 / 04.03.2016
4354
1 daqiqa o‘qiladi
Zika virusining yuqishi 47 mamlakatda qayd etildi
47 mamlakatda Zika virusining mahalliy yuqishi qayd etildi. Bu haqda Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori yordamchisi Bryus Eylvard xabar berdi.
“47 mamlakatda Zika virusining mahalliy yuqishi qayd etildi”, deb e'lon qildi Eylvard.
Eylvardning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar orasidagi 9 ta davlatda Zika virusini Giyena-Barre sindromining soni ko‘payib borishi bilan, Braziliyada esa mikrotsefaliyaning ko‘payishi bilan bog‘lashmoqda.