Sport | 12:56 / 05.03.2016
5646
1 daqiqa o‘qiladi

“Liverpul” futbolchisi penalti tepish paytida jarohat oldi

“Liverpul”ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Leyva Angliya kubogi doirasida o‘tkazilgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin vaqtida o‘n bir metrlik jarima to‘pini tepish jarayonida jarohat oldi. Bu haqda Bleacher Report xabar bermoqda.

“Barchasi biz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq ekan. Ilgari bunga o‘xshash vaziyatni sira ko‘rmagan va eshitmagan ekanman”, — dedi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp. Uning aniqlik kiritishicha, futbolchining son mushaklari zarar ko‘rgan.

Voqea uchrashuv taqdirini penaltilar seriyasi hal qilib beradigan vaqtda sodir bo‘lgan. Braziliyalik o‘n bir metrli jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshira olmagan. 29 yoshli futbolchining sog‘ayishi uchun 4-5 hafta vaqt ketishi bildirilmoqda.