13:04 / 05.03.2016
2054

Bangkokda portlagan qayiq jabrdiydalari soni 60 nafarga yetdi

Bangkokdagi yo‘lovchi qayig‘ining dvigatelida sodir bo‘lgan portlash natijasida jabrlanganlar soni 60 kishiga yetdi. Bu haqdaAssociated Press xabar bermoqda.

Shifoxonalarga yotqizilgan odamlar orasida uch nafar xorijlik fuqaro ham bor: ulardan biri yaponiyalik, qolgan ikki nafari esa Myanma fuqarosi hisoblanadi. Bu haqda Eravan shahri shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi ma'lum qilgan. Qolganlar esa mahalliy aholi vakillaridir.

Avvalroq portlash natijasida 52 kishi jabrlanganligi ma'lum qilingan edi.

Top