09:41 / 05.03.2016
11405

Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi ma'lum qilindi

Fransiyaning L'Equipe nashri Yevropa chempionlar ligasi/Chempionlar kubogi tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar reytingini tuzdi. Reytingning top beshtaligiga o‘z faoliyatini davom ettirayotgan ikki nafar futbolchi – Lionel Messi ("Barselona") va Krishtianu Ronaldu ("Real") kiritildi.

Reytingning ikkita ilk o‘rnini Madridning "Real" klubining nomdor hujumchilari Alfredo Di Stefano (5 marta musobaqa g‘olibi) va Fransisko Xento (6 marta g‘olib) egalladi. 3-o‘rinni musobaqani "Milan" safida 5 marotaba yutgan sobiq himoyachi Paolo Maldini egalladi. Zamonamizning eng kuchli ikki futbolchisi – "Barselona" hujumchisi Lionel Messi (4 marotaba musobaqa g‘olibi) va Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted" va "Real" bir martadan musobaqa g‘olibi) mos ravishda 4- va 5-o‘rinlarni egalladi.

Ushbu reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Alfredo di Stefano
2. Fransisko Xento
3. Paolo Maldini
4. Lionel Messi
5. Krishtianu Ronaldu
6. Fil Nil
7. Ferents Pushkash
8. Ektor Rial
9. Gerd Myuller
10. Raul
11. Alessandro Kostakurta
12. Eysebio
13. Klarens Zeyedorf
14. Yoxan Kruiff
15. Xavi
16. Iker Kasilyas
17. Andres Inesta
18. Xose Mariya Sarraga
19. Fernando Morentes
20. Edvin van der Sar

Top