06:50 / 05.03.2016
4713

Fabio Kapello: "Ronalduning gapiga qo‘shilish mumkin – "Real"da ba'zi futbolchilar bo‘lmasligi kerak"

Madridning "Real" klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Fabio Kapello qirollik klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Real" futbolchilari haqida aytgan so‘zlari borasida qisman haqligini tan oldi.

"Ehtimol biz Krishtianuning gapiga qo‘shilib, "Real"da ba'zi futbolchilar bo‘lmasligi kerakligini tan olishimiz kerak bo‘ladi. Biroq shu bilan birga Krishtianuning o‘zi ham "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda ikkita yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi, bunday bayonotlar qilishdan avval o‘ziga boqish kerak", deb aytdi Kapello.

Ronaldu "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Agar "Real"ning barcha futbolchilari mening darajamda o‘ynaganda, biz birinchi bo‘lardik", deb aytgandi.

Top