Jahon | 09:24 / 05.03.2016
3601
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Afg‘oniston prezidenti bilan "Tolibon" bilan muzokaralarni muhokama qildi
AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy bilan videokonferents aloqa vaqtida Afg‘oniston prezidentining mintaqadagi hamkorlikni kuchaytirishda qo‘shni davlatlar bilan ishdagi va "Tolibon" bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solishdagi rolini qayd qilib o‘tdi.
Obama "AQSh zo‘ravonlik darajasini pasaytiradigan hamda Afg‘oniston va mintaqada uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashini" ta'kidlab o‘tdi.