Jamiyat | 13:15 / 05.03.2016
4254
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida yong‘in bo‘ldi
Yong‘in tunda kelib chiqqan, hech kim jabrlanmagan. Bu haqda tashkilot vakili Raxat Sulaymanov xabar bergan.
"Yong‘in vaqtida hamkasblarimizdan hech biri jabrlanmagan. Xizmat xonalaridan biri yonib ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in tezlik bilan o‘chirilgan, shu bois MXDQ xodimlarining asosiy qismi evakuatsiya qilingan.
Ayni damda voqea joyida vaziyatga yanada aniqlik kirtish maqsadida mutaxassislar ish olib bormoqda.