Texnologiya | 11:39 / 05.03.2016
3499
1 daqiqa o‘qiladi

SpaceX qo‘nish chog‘ida Falcon 9 raketasining birinchi bosqichini saqlab qololmadi

SES-9 sun'iy yo‘ldoshi uchirilgach, Falcon 9 raketa-yo‘ldoshning birinchi bosqichi qo‘zg‘aluvchan platformaga o‘ta qattiq qo‘ndi.

“Raketa barjaga juda qattiq qo‘ndi. Bu urinishimiz ish berishini kutmagandim. Raketa o‘ta yuqori haroratda Yer atmosferasiga qaytib kira oldi”, -deb e'lon qildi kompaniya rahbari Ilon Mask o‘z tvitterida.

Kompaniya rahbari keyingi uchish amaliyotlarida sun'iy yo‘ldosh muvaffaqiyatliroq qo‘nishiga umid qilishini ham bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish