Suriya muxolifati yangi konstitutsiyani ishlab chiqish uchun guruh yaratishga chaqirdi
Suriya muxolifati, qurollangan tuzilmalar va diniy tashkilotlar vakillari Xmeymimda yarashish bo‘yicha markazda o‘tkazilgan uchrashuvda Suriyaning yangi konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun tashabbus guruhini yaratish zarurligini aytdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uchrashuv ishtirokchilari loyiha ishlab chiqilgandan keyin umumxalq muhokamasiga taklif qilinadi.
"Buning uchun barcha kuchlar, barcha dala qo‘mondonlari va muftiylarni jalb qilish kerak. Terrorchilardan tashqari barchani, ularga Suriya yerida joy yo‘q", deb aytdi "Demokratik Suriya uchun" jamiyati a'zosi Meys Kreydi.
Uning aytishicha, yangi konstitutsiya va demokratik saylovlar Suriya xalqining hukumatga ishonchini shakllantirishga yordam beradi.
"Bizning fikrimizcha, yangi konstitutsiya Suriya xalqining barcha huquqlarini himoya qilishga qodir va biz islohotlarni undan boshlashimiz mumkin", deb aytdi uchrashuvning boshqa ishtirokchisi.