Jahon | 08:56 / 05.03.2016
2360
1 daqiqa o‘qiladi
Venesuela AQSh bilan munosabatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish istagini bildirdi
Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges Venesuela hukumati AQSh bilan munosabatlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish qarorini qabul qilganini aytdi, deb xabar bermoqda Telesur nashri.
Ta'kidlanishicha, bunga AQShning Venesuelaning 56 nafar yuqori lavozimdagi amaldorlariga nisbatan "zo‘ravonlikni targ‘ib qilish" tufayli kiritilgan sanksiyalarning bir yilga uzaytirilishi sabab bo‘lgan.
Rodriges Oq uyning sanksiyalarni uzaytirish haqidagi qarori BMT nizomi va xalqaro huquqni buzishi aytilgan bayonotni o‘qib eshittirdi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Barak Obamaga sanksiyalarni bekor qilish iltimosi bilan murojaat qilgandi.