Iqtisodiyot | 09:15 / 05.03.2016
9160
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi yuanni xalqaro zaxira valyutasi deb rasman tan oldi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Xitoy valyutasi – yuanni xalqaro zaxira valyutasi deb rasman tan oldi. Yuan 2016 yilning 3-choragidan hisobotlarda paydo bo‘ladi, deb aytilmoqda XVJ saytida.
2015 yil oxirida XVJ yuanni zaxira valyutalari qatoriga kiritgandi.
XVJ zaxira valyutalari qatoriga, shuningdek, AQSh dollari, yevro, yapon iyenasi va britan funt sterlingi ham kiradi.