Jahon | 18:36 / 06.03.2016
3063
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dod yaqinidagi terakt qurbonlari soni 60 nafarni tashkil qilmoqda
6 mart kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahridan 95 km masofadagi Hilla shahrida (Bobil viloyati), nazorat punkti oldida amalga oshirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 60 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan oldingi xabarlarda terrorchi hudkush o‘zi boshqarayotgan yuk mashinasini portlatishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani hamda 34 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Bu terakt vaqtida atrofdagi binolarga ham jiddiy zarar yetgan, yo‘ldagi o‘nlab avtomobillar yonib ketgan.
Qayd etilishicha, bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.